Mingbuloq tuman adliya bo‘limiga 2023-yil 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi.
- Bo‘limga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:
Jumladan, tuman adliya bo‘limiga 2023-yil 1-choragidavomida jami 43 ta (shundan 26 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 17 tasi ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid) murojaatlar kelib tushdi, 9 tasi tegishliligi bo‘yicha yuborildi.
Diagramma 1. Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.
Kelib tushgan murojaatlarning 33 tasi hal etilib, shundan 15 ta murojaat qanoatlantirildi, 18 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 9 tasi tegishliligi bo‘yicha yuborildi.
Xususan, Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi murojaatlarning 14 tasi, Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyoti sohasidagi murojaatlarning 1 tasi vajlar o‘z tasdig‘ini topganligi sababli qanoatlantirildi.
Diagramma 2. Qanoatlantirilgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.
Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida turli idoralarga 5 ta taqdimnoma kiritildi.
- Bo‘lim xodimlari tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy va sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:
Bo‘lim xodimlari tomonidan tasdiqlangan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvallariga asosan hisobot davrida tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida jumladan, Kichik Jomashuy, Madaniyat, Guliston Qolgandaryo, Birlashgan, Yoshlik, Qo‘riqobod, Mustaqillik, Chordona, Qizilqum, Damko‘l, Mehnatobod, Qo‘shqishloq mahalla fuqarolar yig‘inlarida sayyor qabullar tashkil etilib, jismoniy va yuridik shaxslardan jami 18 ta (inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid 10 ta, Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyoti sohasiga oid 8 ta murojaatlar kelib tushdi.
Sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning 33 tasi hal etilib, shundan 15 ta murojaat qanoatlantirildi, 18 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 9 tasi tegishliligi bo‘yicha yuborildi.
III. Kelib tushgan murojaatlar xususiyati bo‘yicha tahlili:
- Inson huquqlarini himoya qilish sohasida.
Inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 26 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 19 tasi hal etilgan, 14 tasi qanoatlantirilib, 5 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 6 tasi tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 5 ta kiritildi.
Mazkur sohadagi tahlil, murojaatlarni quyidagi sohalarda ularning ko‘pligini ko‘rsatadi:
- mehnat nizolari yuzasidan 6 ta;
- boshqa masalalar yuzasidan 20 ta.
Diagramma 4. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida eng ko‘p kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.
- Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida jami 17 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 14 tasi hal etilgan bo‘lib, 1 tasi qanoatlantirildi, 13 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Murojaatlarning xususiyati bo‘yicha:
- mehnat nizolari yuzasidan 4 ta;
- boshqa masalalar yuzasidan 13 ta.
Diagramma 5. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida eng ko‘p kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.
Mingbuloq tuman adliya
bo‘limi boshlig‘iv.v.b H.Qobilov






